avatar
Куч
0.20
Рейтинг
+0.08

Мақолалар

"Mening bobom,buvim-mahallamiz faxri"

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening  bobom,buvim- mahallamiz  faxri.
                                           
                                            Reja;           
 
   1. Umr boqiy emas,ezgulik boqiy.                          
      2 Bobojonim- mehridaryo ustoz
   3. Shogirdlar va farzandlar  kamoli, ustoz va ota- ona faxri g’ururidir.
 
      Bugun  har  bir xonadonimizda bizning yo’limizni poylab, intizor bo’lib turgan bobo-buvilarimiz bor. Ular borki bizning ishimiz doimo o’ngidan keladi. Ularning har bir duolari biz uchun oltinga teng. Ular bizni doimo baxtli bo’lishga, o’qimishli, odobli bo’lishga harakat qiladilar. Turmush tarzimizdagi o’ziga xos bir jihatga boshqa xulqlar havas  qilsa  arziydi. Bu bir xonadonda bobo-buvi ,ota-ona va farzandlarning birgalikda hayot kechirishidir. O’zidan kattalarga hurmat xalqimizning qon-qoniga singib, qadriyat darajasiga ko’tarilgan milliy fazilati. Uning qirralari yoshi ulug’ insonlarni qadrlash, ularga izzat ko’rsatishda namoyon bo’ladi.  
   Biz ularning qadriga yetib, ularning hol-ahvollaridan xabardor bo’lishimiz kerak. Chunki  ulardan qanchalik xabardor bo’lsak, ular bizdan shunchalar xursand bo’ladilar. Doimo ularning boriga shukur aylab, qadrlashimiz lozim.
        Men maktabga borishimga qadar, hozirgi kungacha bilim olishim borasida bobojonimning  xizmatlari juda katta. Ular meni uch yasharligimdan  beri turli jurnallar bilan xursand qilib kelganlar. Bobojonim  Sattor Shukurov ko’p yillar davomida tumanimizda katta nom qozonganlar. U kishi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi bo’lganlar. Biz ta’lim olayotgan maktabda avval o’qituvchi, keyin director bo’lib qabul qilinganlar. U kishi o’qituvchilikdan tashqari ko’plab ajoyib she’rlar ham yozadilar. Hozirgi kunda u kishi meni o’qishimga yordamlashadilar, ko’plab kitoblar keltirib beradilar. U kishi men uchun eng mehribon buva va eng jonkuyar ustozimdir.
         U kishi ko’plab o’quvchilarni bilimli va tarbiyali qilib o’qitganlar. Hozirgi kunda ular juda o’qimishli, xalqimizning ardoqli farzandi sifatida xizmat qilmoqda. Biz ham maktabda a’lo baholarda o’qib, yurtimiz nomini ko’klarga ko’tarishimiz shart. Kelajakda biz yoshlar ota-onalarimizning faxri bo’lishga va’da beramiz. Doimo bobo-buvilarimiz, ota-onamizning qo’llaridan duo olib, albatta orzularini ro’yobga  chiqarishimiz lozim. Bobo- buvilarimiz  bizning baxtimizga doimo sog’ bo’lishsin.
         Shu ma’noda, 2015- yilga mamlakatimizda ‘’Keksalarni e’zozlash yili’’ deb  nom berilishi  piru- badavlat insonlarni e’zozlashdek yuksak fazilatni ulug’lashda ulkan ahamiyat kasb etadi.
 
 
 
 
          Buxoro viloyati   Romitan tumani 5-umumta’lim maktabi    8- sinf o’quvchisi Bekmurodova Ozodaing yozgan inshosi.  
 
 

"Mening bobom,buvim-mahallamiz faxri"

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
                       Mening  bobom,buvim- mahallamiz  faxri.
                                           
                                            Reja;           
 
   1. Umr boqiy emas,ezgulik boqiy.                          
      2 Bobojonim- mehridaryo ustoz
   3. Shogirdlar va farzandlar  kamoli, ustoz va ota- ona faxri g’ururidir.
 
      Bugun  har  bir xonadonimizda bizning yo’limizni poylab, intizor bo’lib turgan bobo-buvilarimiz bor. Ular borki bizning ishimiz doimo o’ngidan keladi. Ularning har bir duolari biz uchun oltinga teng. Ular bizni doimo baxtli, o’qimishli, odobli bo’lishimiz  uchun  harakat qiladilar. Turmush tarzimizdagi o’ziga xos bir jihatga boshqa xalqlar havas  qilsa  arziydi. Bu bir xonadonda bobo-buvi ,ota-ona va farzandlarning birgalikda hayot kechirishidir. O’zidan kattalarga hurmat xalqimizning qon-qoniga singib, qadriyat darajasiga ko’tarilgan milliy fazilati. Uning qirralari yoshi ulug’ insonlarni qadrlash, ularga izzat ko’rsatishda namoyon bo’ladi.  
“qari  bilganni — pari   bilmas”,  deydi  xalqimiz.   Oilalarimizda   keksalarimizning   bori  yaxshi,  iloho  umrlari  uzoq  bo`lsin.  Ular  bizga  doimo maslahatgo`y,  dono  ustozdirlar.  Ularbor  xonadonlarning  fayzi  ham  bo`lakcha,  qut-barakasi, farovonligi  ham  balanddir.
   Biz ularning qadriga yetib, ularning hol-ahvollaridan xabardor bo’lishimiz kerak. Chunki  ulardan qanchalik xabardor bo’lsak, ular bizdan shunchalar xursand bo’ladilar. Doimo ularning boriga shukur aylab, qadrlashimiz lozim.
        Men maktabga borishimga qadar, hozirgi kungacha bilim olishim borasida bobojonimning  xizmatlari juda katta. Ular meni uch yasharligimdan  beri turli jurnallar bilan xursand qilib kelganlar. Bobojonim  Sattor Shukurov ko’p yillar davomida tumanimizda katta nom qozonganlar. U kishi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi bo’lganlar. Biz ta’lim olayotgan maktabda avval o’qituvchi, keyin direktor bo’lib faoliyat  ko`rsatganlar.  Bobojonim o’qituvchilikdan tashqari ko’plab ajoyib she’rlar ham yozadilar. Hozirgi kunda u kishi meni o’qishimga yordamlashadilar, ko’plab kitoblar keltirib beradilar. Bobojonim  men uchun eng mehribon buva va eng jonkuyar ustozimdirlar.
         U kishi ko’plab o’quvchilarni bilimli va tarbiyali qilib o’qitganlar. Hozirgi kunda ular juda o’qimishli, xalqimizning ardoqli farzandi sifatida xizmat qilmoqda. Biz ham maktabda a’lo baholarda o’qib, yurtimiz nomini ko’klarga ko’tarishimiz shart. Kelajakda biz yoshlar ota-onalarimizning faxri bo’lishga va’da beramiz. Doimo bobo-buvilarimiz, ota-onamizning qo’llaridan duo olib, albatta orzularini ro’yobga  chiqarishimiz lozim. Bobo- buvilarimiz  bizning baxtimizga doimo sog’ bo’lishsin.
         Shu ma’noda, 2015- yilga mamlakatimizda ‘’Keksalarni e’zozlash yili’’ deb  nom berilishi  piru- badavlat insonlarni e’zozlashdek yuksak fazilatni ulug’lashda ulkan ahamiyat kasb etadi.
 
 
          Buxoro viloyati   Romitan tumani 4-umumta’lim maktabi    8- sinf o’quvchisi Sattorova Mehrinozning yozgan inshosi.  +99893 452 4079
 
 

"Mening bobom,buvim-mahallamiz faxri"

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening  bobom, buvim –mahallamiz  faxri.
 Reja:
1.Kimki  ulug’roq  anga  xizmat  kerak.
2.Umr  boqiy  emas, ezgulik  boqiy.
3.Suv  keltirgan- elda  aziz.
4.Shogirdlar  va  farzandlar  kamoli-ustoz  va  ota-ona  faxri, g’ururidir.
5.Keksalar  diliga  bermangiz  ozor !
      Siz  chindan  zahmatkash  baxtlilar,
      Vadaga  vafoli  ahdlilar
Hurmat-u  izzatda  taxtlilar,
Faxriylar, faxriylar, faxriylar.
Keksalik – nuroniylik  demakdir. Hayot  achchiq-chuchugini  totgan  insonda
komillik  sifatlari  namoyon  bo’ladi.  Barchani  birdek  tushunish   sabr, yumshoqlik  kabi  fazilatlar  insonda  yillar davomida  shakllanadi, ulug’  yoshda  ayni  yuksaklikka  ko’tariladi. Xalqimiz  farzandlarni  hamisha  yoshi  ulug’larni  hurmat  qilish  hissi  bilan  tarbiya  etgan. Yaxshi  ishlar, savobli  amallar  bilan  umr  kechirgan  keksalarimiz  barchamiz  uchun  fayzu  hikmat qoniga  aylanadilar. Ularning  suhbatlari, hayot  haqidagi  o’gitlari, qimmatli  maslahatlari  hamisha  to’g’ri  yo’lni  topishda  yordam  beradi. Ular  jamiki  xayrli  ishlarda  yo’lboshchi  bo’lishgan.  Otaxon  yoki  onaxonlarimizning  fotihalarini  olmasdan  biror  ishga  qo’l  urilmagan.
    Shu  ma’noda, joriy  2015-yilning  “Keksalarni  e’zozlash  yili”  deb  e’lon  qilinishi  zamirida  yuksak  insonparvarlik, ezgulikka  muhabbat  namoyon  bo’ladi.
     Qadimda  ota-bobolarimiz  paxsadan  qurilgan  uylarda  umrguzaronlik  qilgan. Qish  oylari  uylarning  tomidagi  qor  kurab  tashlangan. O’sha  chog’larda  agar  uyda  yoshi  ulug’  inson  bo’lsa,  u  kishi  boshqa  xonaga  olib  o’tilmagunicha, shu  uyning  tomiga  chiqilmagan. Chunki  bu  hurmatsizlik  sanalgan. Bu  keksalarga  hurmat  tuyg’usi  bizning  qon-qonimizga  singib  ketgani  bir  isbotdir.
    Ota-onalarimiz  keksalik  yoshiga  yetganlarida  ularga  ehtirom  ko’rsatish, xizmatlaridan  malollanmaslik, aksincha, ota-ona  istaklarini  ado  etishni  o’zimizga  sharaf  deb  bilmog’imiz  lozim. 
     Shoir  Abdulla  Oripov  keksalar  haqida, ularning  savobli  ishlari  haqida  shunday  deydi:
                      Otalar  boladan  ranjisa  ozroq,
Gohida  shundayin  so’zni  deydilar:
-Bolam, keksalarni  qadrla  ko’proq,
Bog’lab  qo’ygan  emas  bizni, deydilar.
Mening  bobom  Vohidov  Zoyir  bobo  el  ardoqlagan  otaxonlardan. Hozir  u  kishi  75  yoshda. Zoyir  bobo  hamma  vaqt  el  xizmati  bilan  yashaydi, yelib  yuguradi .  Mahallada  hech  bir  to’y-tomosha, tadbirlar  u  kishisiz  o’tmaydi.  Bobomning  hamma  vaqt  qo’llari  duoda. Yurt  tinchligini, osoyishta  diyorimizni  ko’rib, Prezidentimizdan  g’ururlanib  gapiradilar. Mahallaning  hamma   tadbirlari: hasharlar, bayramlarda, xalq  sayllarida  bosh-qosh.   Keksalarning  duosi  turli  balo  ofatlardan  omon  saqlaydi .
    Suv  keltirgan-elda  aziz.  Bobom  qishlog’imizga  ichimlik  suvi  keltirish, yo’llarni  obodonlashtirish, qishlog’imizdagi  qabristonni  yangidan  ta’mirlash  ishlarida  xizmatlari  katta. U  kishi  misoli  bir  ummon. Bu  ummon  dur-u  javohirlar ga, aqlu-hikmatga  to’la.  Bobom  men  uchun  eng  aziz  inson, mahallamizning  jonkuyar  fidoyilardan. Bugun  bobomning  farzandlari, u  kishidan  duo  olgan  xalqimizning  yoshlari  yurt  kelajagi  uchun  ezgu  ishlarni  amalga  oshirmoqdalar.  Ular  borki, bizning  ishimiz  doim  o’ngidan  keladi .
Farzandlarining  ezgu  ishlari  bilan  doimo  faxrlanib  yuradilar. Bobomning  duolari  oltinga  teng.  Ular   bizni  doimo  baxtli , o’qimishli, odobli   bo’lishimizga  harakat  qiladilar.  Bobomning  shunday  fazilatlari  borki, tahsinga loyiqdir. To’g’riso’zlilik, mehribinlilik, shirintillilik, vatanparvarlik, mehmondo’stlik  kabi  fazilatlar  u  kishida  mujassam.
 Siz  mehri  daryolar, saxiylar,
 Siz  bilan  gullaydi  vodiylar’
 Pir  deydi  sizni  ne  dohiylar-
 Faxriylar, faxriylar, faxriylar!
    Xalqimizda  keksalar  azal-azaldan  e’zozlangan.  Menimcha, o’zbek  xalqining  betakror  olamini  eng  go’zal  va  ishonarli  tasvirlagan  adib –Abdulla  Qodiriydir.
     “O’tkan  kunlar”  romanining  boshida  shunday  tasvir  bor :”Marg’ilonda  Otabek    qo’ngan  karvonsaroy  hujrasiga  Rahmat  bilan  Homid  kirib  keladi .Bir  ozdan  keyin  xonaga  Hasanali  ham  kiradi. Otabek  unga  “ota”  deb  murojaat  qiladi, hol-ahvol  so’raydi. Shundan  so’ng  “ba’zi  yumushlar  buyursam  maylimi… bizga  choy  qaynatib  bersangiz “, deb  iltimos  qiladi. Hasanali  chiqqach, Rahmat  Otabekdan  bu  kishi  kimligini  so’raydi.
     “Otabek  savoliga  javob  bermay, eshikka  qaradi. Hasanalini  hujradan  uzoqlatib, so’ngra  javob  beradi: -Qulimiz…”
        Qiziq, Otabek  nima uchun  o’zining  quliga  salom  beradi? “Ota”  deb  murojaat  qiladi ?  Yumush  buyurishidan  oldin  “maylimi…”  deb  ruxsat  ham  so’raydi ?  Bu  ham  yetmagandek, Rahmatning  savoliga  “cholni  uzoqlatib”,
shundan  keyin  javob  beradi? Boshqa  adabiyotda, deylik  Yevropa  adibining  asarida  shunday  vaziyat  tasvirlansa, xo’jayin  quliga  “ota”  deb  murojaat  qilish  u  yoqda  tursin, “sen” lab  gapirgan, boyagi  savolga  esa  uning  o’zini  oldida  “Bumi, Bu  mening  qulim”  deb  javob  berga  bo’lur  edi. Otabek  esa  bunday  qilolmaydi. Negaki  u-o’zbek !  Bir  emas  ming  karra  qul  bo’lgan  taqdirda  ham, Hasanalining  yoshi  ulug’. Oilaning  o’z  a’zosidek  bo’lib  qolgan. Otabek  uning  dilini  og’ritishni  xayoliga  ham  keltirmaydi.  Chunki  Otabek
haqiqiy  o’zbek  xonadonida  tarbiya  topgan, insoniy  fazilatlar  jamuljam  bo’lgan  vatanparvar  ota  Yusufbekhojining  o’g’lidir.
   Yoshlarga  o’rnaksiz  qat’iylar ,
   Hurmat-u  izzatda  taxtlilar,
 Olqor  siz  mardlarni  madh  aylar-
 Faxriylar, faxriylar, faxriylar !
 
   Yoshi  ulug’  odamlar  har  bir  ishning  oqibatini  teran  his  qila  olishadi. Unda  donishmandlik, oqillik  zohir  bo’ladi. Inson  navqiron  paytida  olovga  o’xshaydi.
Marralarga  tezroq  erishgisi  keladi, muammolarni  kuch  bilan  osongina  hal  qilishni  istaydi. Natijada  xatolar  qiladi. Ammo  keksalik maqomiga  yetganida bamisoli  sokin  ummonga  aylanadi. Uning  bag’ri  keng  bo’lib,  aqli  hikmat  javohirlarga  to’ladi. Har  qanday  chigallikni  bosiqlik  va aql  bilan  yengishni  juda  yaxshi  bilishadi. Ko’zlar  niri  quvvatini  yo’qotadi, lekin  qalb  nazari  dunyo  haqiqatlarini  ko’raveradi, chunki  unda ma’rifat  yog’dusi  porlayveradi.
       O’tkir  Hoshimovning  “Daftar  hoshiyasidagi  bitiklar “ kitobi  mening  eng  yaqin  do’stim, hamrohim, kelajakka, komillikka  olib  boruvchi  shamchirog’imdir. Inson  hamma  narsaga  to’yishi  mumkin, faqat  bir  narsaga- mehrga  to’ymaydi. Bu  masalada  shoh-u  gado  barobar .  Odamzod  nima  uchun  bolasining  boshida  alla  aytadi? Go’dak  alla  eshitmasa  uxlamaydimi? Odamzod  nima  uchun  kitob  o’qiyotib, suyukli  qahramoni  o’lib  qolsa, yig’laydi? Uni  yozuvchi  “Ichidan  toqib  chiqarganini  “ biladiku? Odamzod  nima  uchun  nevarasini  tetaklab  necha  zamon  avval  o’tib  ketgan  bobosining  qabrini  ziyorat  qiladi? Marhum  ularni  ko’rmaydiku ?! Gap  shundaki, odamzodni  hayvonotdan  ajratib  turadigan  chegara  bor. Bu  chegaraning  nomi- ma’naviyat  deb  ataladi! Chunki  bizning  ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz, ulug’  allomalarimiz  ana  shu  ma’naviyatning  xazinalaridir.
       Ota-onalarimiz  keksalik  yoshiga yetganlarida, ularga  ehtirom  ko’rsatishni  o’zimizga  sharaf deb  bilmog’imiz  kerak.
      Hazrat  Alisher  Navoiy  “Hayrat  ul-abror”  dostonida  bunday  yozadi:
Kimki  ulug’roq, anga  xizmat  kerak ,
Ulki  kichikroq, anga  shafqat  kerak.
     Ya’ni, kim  ulug’  bo’lsa, uning  xizmatiga  ado  qilish  lozim, kichiklarga  esa  shafqatli  bo’lish  ma’quldir. Umrini  xalq  xizmatiga  bag’ishlab, bugungi  kunda  yoshlarga   to’g’ri  yo’llarni  ko’rsatayotgan  va  hayot  saboqlarini  berayotgan  keksalarimizni  e’zozlasak, bu  go’zal  ibrat  kelajak  farzandlarimizga  ha  meros bo’lib  qoladi.
      Bobojonimning  qilgan  ezgu  ishlari  hamma  vaqt  el  ardog’ida .  Kelajakda  biz  yoshlar  ota-bobolarimizning  faxri  bo’lishga  va’da beramiz. Doimo  bobo-buvilarimiz, ota-onalarimizning  duolarini  olib, ezgu  ishlarga bel  bog’laymiz.  Yurtimiz  kelajagini  bizdek  sog’lom  fikrli, barkamol  yoshlar  quradilar .
Bir  vaqt  farzandim  deb  qilgan  jon  fido ,
Bir  parcha  etdan  siz  bo’lguncha  paydo
Bugunchi  qaddi  dol, qo’lida  aso
Keksalar  diliga  bermangiz  ozor!
Umr  deb  atalgan  kitobimizni  ota-bobolarimiz  kabi  savob  ishlar  bilan  to’ldiraylik. Toki  bizdan  kelgusi  avlodga  tarix  bo’lib  qolsin. Shoir  Muhammad  Yusuf  pir-u  badavlat  ota-bobolarimiz  haqidagi  tilagini  shunday   ta’riflaydi :
 
 
 
Har  kimning  ham  sochlariga  oq  tushsin,
Ajin  tushsin, yuzlariga  dog’  tushsin,
Har  kimning  ham  quvvat  ketib  belidan,
Qo’llariga  aso  bir  tayoq  tushsin .
Imoni  pok  yuzga  kirib, yorug’  yuz ,
To’ylar  qilib  yelkasidan  tog’  tushsin,
Va jismiga  so’nggi  ketar  chog’ida
O’z   bolasin  qo’lidan  tuproq  tushsin!
 
Romitan tumanidagi 7-maktabning 8-B sinf o’quvchisi
 
 Shirinova Zebiniso +998936882011